O‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati uzaytiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati uzaytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan kecha, 28 fevral kuni imzolangan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida aytilgan.

Unga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan pensionerga hisoblangan, lekin o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytiriladi.

Shuningdek, dasturda nogironlikni belgilashda fuqarolarga qo‘shimcha yengilliklar yaratish ham ko‘zda tutilgan. Unga muvofiq, 2023 yil 1 apreldan nogironlik idoralararo elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlarda fuqarolarning ishtirokisiz belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing