Uysiz qolgan qizga “muruvvat” ko‘rsataman deb, uni fohishalikka undagan ayol ushlandi

Jamiyat

image

Navoiy viloyatida uy-joysiz qolgan 19 yoshli qizga muruvvat ko‘rsatish bahonasida fohishalikka undagan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyatida yashovchi 29 yoshli Z.Z. tanishi 19 yoshli R.O‘. ning boshpanasiz va moddiy jihatdan qiynalib qolganligidan foydalanib, unga o‘zi bilan birga yashashi haqida aytadiyu. Shundan so‘ng, o‘zi vaqtincha istiqomat qilib keladigan uyga olib kelib, u bilan yashashini taklif qilib, shu yo‘l orqali fuqarolik pasportini qo‘lga kiritadi.

Ayol 19 yoshli qizni o‘ziga moddiy jihatdan qaram bo‘ladigan vaziyatni yuzaga keltirib, moddiy manfaat ko‘rish maqsadida, uni erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan joriy yilning 10 fevral kuni viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, Navoiy shahrida joylashgan “Gumbaz” nomli kafeda tadbirga shartli ravishda mijoz sifatida jalb qilingan shaxsga  R.O‘. ni 400 ming so‘m evaziga 3 kun muddatga jinsiy aloqa qilishi uchun sotgan Z.Z. ushlanib, 400 ming so‘m pul ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Z.Z. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida Z.Z. ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi  qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1095

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing