Uyquda ham gipertoniya bilan kurashishga yordam beruvchi mahsulot nomi aytildi 

Salomatlik

image

Kundalik ratsionga pista kiritilishi hatto uyqu paytida ham gipertoniya bilan kurashishga yordam beradi. Bu haqda “Daily Express” gazetasi olimlarga tayanib xabar berdi.  

Amerika kardiologiya assotsiatsiyasi tadqiqotchilari bir vaqtning o‘zida yuqori qon bosimi va 2-toifa diabetga moyil bo‘lgan ikki guruh tajribadagilarni kuzatish natijalari haqida ma’lumot bergan. Birinchi guruh kam yog‘li va uglevodlarga boy nazorat diyetasiga amal qilgan, ikkinchisi esa ratsionga pista qo‘shgan. 

To‘rt hafta o‘tgach, ikkinchi guruh sinovdan o‘tkazilganda qiziqarli natijalarni ko‘rsatgan. 

“Pista diyetasi umumiy periferik qarshilikni sezilarli darajada kamaytirdi, yurak tezligi o‘zgaruvchanligining ba’zi ko‘rsatkichlarini yaxshiladi. Pista diyetasidan keyin sistolik ambulator qon bosimi sezilarli darajada pasaydi, ularning aksariyati uyqu paytida kuzatilgan”, deb ta’kidlagan olimlar. 

Ta’kidlanishicha, pista organizmda azot oksidiga aylanadigan L-arginin aminokislotasini o‘z ichiga oladi. Ushbu modda tomirlar kengayishida asosiy rol o‘ynaydi, bu esa bosimni bartaraf etishga yordam beradi.


Maqola muallifi

Teglar

GIPERTONIYa PISTA

Baholaganlar

223

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar