Uyda 9-10 oy qolib ketgan jasad kalamushlarga yem bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning Konnektikut shtatida o‘z kvartirasida kalamushlar qurshovida bir necha oy davomida parchalanib ketgan erkakning jasadi topildi. Bu haqda “Patch” xabar berdi.

Jasadni uy hujjatlarini rasmiylashtirish bilan shug‘ullangan ijarachilardan birining xonadoniga kelgan marshal topib olgan. Ajablanarlisi shundaki, uy ichida jasad kemiruvchilarga yem bo‘lgan va undan bir necha suyak qoldiqlari qolgan edi.

Voqea joyiga politsiya xodimlari, shuningdek, o‘t o‘chiruvchilar va sog‘liqni saqlash xodimlari yetib kelgan. Huquq-tartibot idoralari vakillariga ko‘ra, o‘lim to‘qqiz-o‘n oy oldin sodir bo‘lgan. Tergov davomida politsiya jasaddan zo‘ravonlik alomatlarini aniqlamagan.

Politsiya 1966 yil mart oyida tug‘ilgan marhumning qarindoshlarini qidirmoqda. U haqida boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing