“Yo o‘lasan, yo qolasan” – To‘qayev gigantlarni ogohlantirdi

Olam

image

Bugun, 21 yanvar kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev biznes vakillari bilan uchrashuvda soliq to‘lamaydigan eng daromadli, gigant korxonalardan g‘aznaga tegishli mablag‘ni berishni talab qildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda. 

"Bizda ixtisoslashgan idoralarning ma’lumotlari bor. Ular daromad keltiruvchi gigant korxona va kompaniyalardir. Ma’lumotlar ularni turli bahonalar bilan soliqlarni to‘liq to‘lashdan bo‘yin tovlayotganini ko‘rsatmoqda. Men Bosh vazirga bu muammoni hal qilishni va g‘aznaga tegishli mablag‘lar qaytarilishini topshiraman. Aks holda qattiq choralar ko‘riladi. Bolalar tilida aytganda: kim soliqlarni to‘lamagan bo‘lsa, men aybdor emasman”, deydi davlat rahbari.

Shuningdek, To‘qayev davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kompaniyalar xarajatlari to‘g‘risida hisobot berishlari kerakligini qo‘shimcha qildi. 

“Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan chora-tadbirlar nafaqat korxona rentabelligini oshirish, balki aholi bandligi va daromadlari bo‘yicha ham foyda keltirishi muhim. To‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan kompaniyalar davlatdan olingan mablag‘larning sarflanganligi to‘g‘risida hisobot berishi shart", deydi davlat rahbari.

Ma’lumot uchun, “soliq imtiyozi” degan tushuncha O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmagan. Davlat soliq xizmati organlarining Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma’lumotlarda Soliq imtiyozlari va preferensiyalar berilgan sub’ektlar, ularning yakuniy benefitsiarlari oshkor qilingan. 2021 yilning 19 oktyabrida ro‘yxatga olingan ushbu uzun ro‘yxat orasida mamlakatdagi boy, eng daromadli va deyarli raqobatchisi bo‘lmagan kopmaniyalarni ham ko‘rishimiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made