Uychi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Xalq deputatlari Uychi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Muhammadzokir Jo‘raboyevich Mamatxonov Uychi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Muhammadzokir Mamatxanov 1974 yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2012 yilda Prezident akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. 

1998—2016 yillarda Pop, Chust, Norin tumanlari, Namangan shahri va Namangan viloyat davlat soliq inspeksiyalari, Namangan viloyati hokimligi va Uychi tumani hokimligida turli vazifalarda mehnat qilgan. 

2016—2017 yillarda Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan. 2018 yildan 2020 yilga qadar Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. 

Muhammadzokir Mamatxonov 2020 yil 16 iyuldan beri Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Uychi tumaninig sobiq hokimi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi davomida ishdan olingandi. U bilan birga tuman prokurori, IIB boshlig‘i va DSI rahbari ham ishdan ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing