Uy-joy mulkdorlari shirkatlari tugatiladimi?
Jamiyat
−
07 avgust 2019
5072O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi qonun loyihasining ikkinchi o‘qishdagi muhokamasi ham qizg‘in bahs-munozaralarga boy kechdi.
Mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazish jarayonida deputatlar tomonidan qator normalarning amaliyotda ishlashini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekistonning barcha hududlarida soha vakillari, shirkat rahbarlari va a’zolari, boshqaruv kompaniyalari xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Mavjud holatlar o‘rganildi, tegishli takliflar olindi. Ana shu takliflar asosida yanada takomillashtirilgan qonun loyihasi bilan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish usullariga aniqlik kiritildi.
Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi sohada uchrayotgan ko‘plab muammolarni bartaraf etishga, amaliyotda vujudga kelgan yana bir o‘tkir masala — noturar joy mulkdorlarining shirkat a’zosi hisoblanmasligiga barham beriladi, ularning huquq va majburiyatlari kengaytiriladi.
LiveBarchasi