Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi mulozimi xalqdan uzr so‘radi

Jamiyat

image

AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi boshqarma boshlig‘i Rustam Sattorov ko‘p xonadonli uy-joylarda issiqlik va suv ta’minotidagi kamchiliklar uchun O‘zbekiston xalqidan uzr kechirim so‘radi.

“Ob-havoning noyabr oyidan boshlab sovib ketishi va uning davom etib turishi barcha kamchiliklarimizni ko‘rsatib berdi. Yetib kelayotgan murojaatlar, jurnalist va blogerlar yoritayotgan masalalar xato va kamchiliklarimizni yaqqol ko‘rsatdi. Haqiqatan ham, biz qozonxonalarimiz bilan qamrab olgan 23 ming uydan faqat 13 mingtasigagina issiqlik bera olyapmiz xolos. Qolgan 10 mingta uydagi aholining e’tirozlari esa to‘g‘ri”, deydi Sattorov.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi mulozimi so‘zi oxirida O‘zbekiston xalqidan uzr so‘radi.

”Barcha kamchiliklar uchun vazirligimiz nomidan O‘zbekiston xalqidan uzr so‘rayman. Biz mana shu kamchiliklarni hisobga olib, o‘zimizga qattiq xulosa chiqaramiz. Buni va’da deb qabul qiling”, deydi Rustam Sattorov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

406

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing