Uy talashgan qarindoshlar o‘rtasidagi janjal qotillik bilan tugadi
3-sahifa
−
27 fevral 2024 10191 2 daqiqa
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida uy talashgan qarindoshlar o‘rtasidagi janjalda 2004 yilda tug‘ilgan yigit bir kishini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda ʼʼMillarʼʼ dasturi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, uzoq qarindoshlar o‘rtasida bir necha yillardan buyon uy-joy bilan bog‘liq nizo davom etib kelgan. Jabrlanuvchi mojarolarga sabab bo‘layotgan uy aslida o‘ziga tegishli ekanini bildirgan holda, fuqarolik sudiga ham murojaat qilgan.
Holat sudda ko‘rib chiqilib, da’vogar oilani sudlanuvchi yashaydigan xonadonga majburiy tartibda kiritilishi belgilangan.
Jabrlanuvchi 2023 yil 18 oktyabr kuni ushbu xonadonga oilasi bilan ko‘chib kelgan. Ikki xonali uydagi kelishmovchilik vaqtlar mobaynida katta janjalga aylanib ketgan.
Oqibatda sudlanuvchi qo‘lidagi o‘tkir tig‘li jism bilan jabrlanuvchi va uning o‘g‘liga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda o‘g‘il voqea joyida halok bo‘lgan. Ikkinchi jabrlanuvchi esa shifoxonaga yetkazilib, uning hayoti saqlab qolingan.
Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan.
Unga ko‘ra, ayblanuvchining onasi ikki xonali uyda 4 nafar farzandi bilan yashashi ma’lum bo‘lgan. Ayolning aytishicha, jabrlanuvchi uni haqorat qilganidan keyin, o‘g‘li qotillikka qo‘l urgan.
Bir kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxs qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir qilganlikda aybdor deb topilib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni umumiy tartibdagi koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Zebo Abdullayeva
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr