Uy sharoitida pitssani qanday saqlash mumkin?
Foydali
−
05 iyun 2021
5015Pitssa — bu xamirturush, maxsus pomidor sousi va pishloqdan tayyorlanadigan italyan oshxonasining dunyoga mashhur taomidir. Yuqoridagi mahsulotlar asos bo‘lib, boshqa barcha boshqa ingrediyentlar xohishga ko‘ra qo‘shiladi.
Pitssani go‘sht (tovuq, baliq, mol va h.k.), qo‘ziqorin, kolbasa, dengiz mahsulotlari, pishloq va hatto mevalar bilan tayyorlash mumkin. Pitssa juda yuqori kaloriyali va to‘yimli taom bo‘lib, uni uyda tayyorlash ham, buyurtma berish ham mumkin. Diyeta tutadigan odamlar uni ko‘p iste’mol qilmasligi maqsadga muvofiq, ammo juda och bo‘lsangiz va vaqtingiz kam bo‘lsa pitssa buyurtma qilish eng yaxshi variantlardan biri.
Odatda pitssa tayyor bo‘lishi bilan iste’mol qilinadi, ammo ishlaringizni tugatib ulgurmagan bo‘lsangiz, uni iste’molga yaroqli qilib saqlashning bir nechta usullari mavjud:
• uni avval folgaga, keyin adyolga o‘rab qo‘ying;
• pitssani yumshoqroq va issiqroq qilib saqlash uchun uning bo‘laklarini avval plastik idishga, so‘ng termosumkaga solib qo‘ying. Bunday saqlash sayohatga chiqishda ham qo‘l keladi;
• agar pitssani yo‘ldan sotib olsangiz va mashinada olib ketishingizga to‘g‘ri kelsa, uni o‘rindiqning ustiga qo‘yib, mashinaning pechkasini o‘chirib qo‘ying.
Tayyor pitssani xona haroratida 6 soatgacha saqlash mumkin. Buning uchun uni qog‘oz salfetka va polietilen bilan o‘rab qo‘yish kerak. Shuni ham yodda tutish kerakki, pishirilgan yoki qaynatilgan go‘shtdan tayorlangan pitssaning yaroqlilik muddati 6 soat, kolbasadan tayyorlangani 4 soat hamda baliq va dengiz maxsulotlaridan tayorlangani 2 soat.
LiveBarchasi