Uy sharoitida labdagi uchuqni davolaymiz

Foydali

image

Inson organizimida labga uchuq toshishi virus qo‘zg‘alishi natijasida yuz beradi. Bir yilda 1-2 marta gerpes, ya’ni uchuq bezovta qilsa, bu vahimali emas, ammo bu surunkali davom etsa, tananing boshqa a’zolariga tarqasa, albatta, shifokorga murojaat etish lozim.

Tibbiyotda gerpesning sakkiz turi mavjud. Shulardan faqat birinchisigina labga toshma chiqishi bilan namoyon bo‘ladi. Virusning ikkinchi turi esa tana a’zolarining shilliq qavati, shu jumladan, jinsiy a’zolarda ham yuzaga kelishi mumkin. Labda gerpes paydo bo‘lishiga, shaxsiy gigiyena vositalaridan umumiy foydalanish, kamdan-kam holatda esa nafas olish yo‘li bilan yuqishi mumkin. Shuningdek, shamollash, to‘yib uxlolmaslik, surunkali charchoq, stress holatlari tufayli organizmning immun tizimi sustlashsa ham, gerpes paydo bo‘ladi. Organizmdagi kasallik virusi immunitet sustlashishi bilan darhol faollashib, ko‘paya boshlaydi.

Uy sharoitida uchuqni davolashda quyidagi usullardan foydalanish mumkin. 

•  Labda yallig‘lanish alomatlarini sezsangiz, bezovtalikni yengillashtirish uchun moychechak, tirnoqgul (kolendula) ekstraktini jamlagan surtmalar, shuningdek, oqqarag‘ay (pixta) moyi bilan yengil ishlov berish mumkin.

•  Bir choy qoshiq qora choyni yarim stakan qaynoq suvga damlang. Soviguncha dam yesin. Sovigan choyga paxtani yumaloqlab namlang va uchuqlarga qo‘ying. Muolajani 3-4 kun davomida kuniga bir necha mahal takrorlang.

•  Kasallik boshlangan zahoti shikastlangan joyga pixta moyini surting. Labingiz kuygandek bir oz achishishi mumkin. Muolajani kechasi bajaring.

•  Kuniga bir necha mahal quloq kirini uchuqqa surting.

•  Paxtani kamfora moyiga namlab, kuniga bir necha mahal uchuqqa surting.

Agarda sizda, uchuq surunkali ravishda chiqayotgan bo‘lsa, bu organizmdagi viruslar ta’siridan bo‘ladi. Bu holatda, albatta, shifokor ko‘rigidan o‘tish zarur. 

Zarnigor Abdumalikova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

4046

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing