O‘tgan yilda 32 ta madaniyat ob’ektini hokimliklar sotib yuborgan – Nazarbekov

Jamiyat

image

2020 yilda 24 ta madaniyat ob’ekti mahalliy hokimiyatlar tomonidan sotib yuborilgan. Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov AOKAda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida 8 tadan, Farg‘ona viloyatida 13 ta, Toshkent shahrida 3 ta madaniyat ob’ektlari mahalliy hokimliklar tomonidan Madaniyat vazirligi bilan kelishmagan holda sotib yuborilgan. Mana shu, 2020 yilda shunaqa kamchiliklar bo‘lib o‘tgan. Umuman, ushbu qonun bizni boshqa idora va tashkilotlar bilan o‘rtamizdagi munosabatlarimizni ham aniq belgilab beryapti”, deydi vazir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Madaniyat vazirligida 12 mlrd so‘m byudjet puli talon-toroj qilinganini aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

222

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing