O‘tgan haftada 2,4 mlrd so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 22-28 aprel kunlari “O‘zRTXB” AJda 1,04 trln so‘mlik bitimlar tuzildi, ya’ni avvalgi haftaga nisbatan deyarli o‘zgarmadi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 507,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. “O‘zRTXB” AJ Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
 
Birja savdolarining hajmi 939,2 mlrd so‘mdan 945,3 mlrd so‘mga oshdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali 2,3 mln AQSH dollarga teng tovarlar sotilib, o‘sish 11%ni tashkil etdi. Eksport tarkibida neft mahsulotlari 77% va polietilening turli markalari 23%ni egalladi.
 
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 675 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,4 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 14% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 47% ikkinchi va 39% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.


Maqola muallifi

Teglar

O'zRTXB

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing