O‘ta “sirli” hokimliklar ogohlantirildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini nazoratga olish bo‘yicha 8 ta mahalliy hokimlik ogohlantirildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha 2022 yil I choragi yakunlariga ko‘ra Jizzax, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyati hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida mahalliy byudjet daromadlar rejasining rejadan orttirib bajarilgan qismi va mazkur mablag‘lar yo‘naltirilgan maqsadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z vaqtida e’lon qilib borilgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Namangan, Xorazm viloyati hokimliklari tomonidan esa qisman ochiqlangan.
 
Andijon viloyat hokimligi rasmiy veb-saytida bunday ma’lumotlar so‘nggi bor 2021 yil I choragi holatiga joylashtirilgan, Toshkent shahar hokimligi tomonidan umuman ochiqlanmagan.

Toshkent viloyati hokimligida 2022 yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hamda shu yilning I choragi davomida mahalliy byudjet daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan ajratilgan mablag‘lar jami 231,3 mlrd so‘mni tashkil etgan. Ular viloyat hokimining farmoyishiga asosan quyidagicha taqsimlangan:

•  hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari uchun 82,3 mlrd so‘m;
•  markazlashgan jamg‘armalarga 31,9 mlrd so‘m;
•  “Fuqarolar tashabbusi” (openbudget) 27,3 mlrd so‘m;
•  “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida 16,9 mlrd so‘m;
•  byudjet tashkilotlarining moddiy bazasini mustaxkamlash va ho‘jalik xarajatlari uchun 16 mlrd so‘m;
•  obodonlashtirish xarajatlariga 9,3 mlrd so‘m;
•  madaniy-sport tadbirlar, festivallar, umumxalq va milliy bayramlari uchun 5,4 mlrd so‘m;
•  boshqa xarajatlar uchun 11,8 mlrd so‘m.

Shuningdek, Jizzax viloyatida ham joriy yilning o‘tgan  3 oyi davomida maxalliy byudjetda jami 91 mlrd so‘m miqdorida erkin qoldiq mablag‘lari shakllangan bo‘lib, quyidagi maqsadlar uchun yo‘naltirilgan: 

•  hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va ijtimoiy soha muassasalarini qurish, ta’mirlash va jihozlash ishlari uchun 11,5 mlrd so‘m;
•  harbiy ma’muriy sektorga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash uchun 8,5 mlrd so‘m;
•  “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasiga 5,7 mlrd. so‘m;
•  “Yoshlar daftari” jamg‘armasiga 2,8 mlrd so‘m;
•  umumxalq bayramlari, sport va madaniy tadbirlar o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 2,4 mlrd  so‘m;
•  “Ayollar daftari” jamg‘armasiga 1,9 mlrd so‘m;
•  “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasiga 1,9 mlrd so‘m;
•  “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun 1 mlrd so‘m.

Qolaversa, hisobot davrida viloyatda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish, ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘shimcha manba hisobidan 63,8 mlrd so‘m yo‘naltirilgan.

“Agentlik tomonidan monitoring natijasida aniqlangan xato va kamchiliklarni barataraf etish hamda kelgusida ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga qat’iy rioya etilishini nazoratga olish bo‘yicha 8 ta mahalliy hokimlikka ogohlantirish yuborildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli ma’lumot kiritildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

205

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing