O‘t o‘chirish mashinasini olib qochgan erkak yong‘in keltirib chiqardi
Olam
−
10 mart 2023
6577AQSHning Long-Aylend shtatidagi Invud qishlog‘i politsiyasi o‘t o‘chirish mashinasini o‘g‘irlab, yong‘in keltirib chiqargan mast haydovchini qo‘lga oldi. Bu haqda “ABC 7” xabar berdi.
22 yoshli Uilson Uiloa o‘t o‘chirish stansiyasiga kirgan. O‘t o‘chiruvchilarning ko‘z o‘ngida u maxsus mashinaga o‘tirgan va darvozaga urilib, transport vositasini olib qochgan.
Shundan so‘ng erkak o‘t o‘chirish mashinasida elektr uzatish liniyasi tayanchiga borib urilgan. Shu sababli yaqin atrofdagi uyda yong‘in kelib chiqqan.
Politsiya jinoyatchini topib, uni hushyorlik testidan o‘tkazishga majburlagan. Erkak mast holatda bo‘lgan.
LiveBarchasi