Usmonov, Abramovich va Fridman Britaniya boylari reytingidagi o‘rnini yo‘qotdi
Olam
−
20 may 2022
3365Rossiyalik ishbilarmonlar, jumladan, Alisher Usmonov, Roman Abramovich, Mixail Fridman Buyuk Britaniyaning eng boy tadbirkorlari reytingidagi o‘rinini ularga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar fonida yo‘qotdi. Buni bugun, 20 may kuni “The Sunday Times” nashri e’lon qilgan yillik hisob-kitoblar tasdiqlaydi.
Nashr har yili Britaniya sub’ektlari va rezidentlari, shuningdek, qirollikda yashaydigan yoki Britaniya bilan bog‘liq biznes bilan shug‘ullanuvchilarni o‘z ichiga olgan yillik reytingni tuzadi.
O‘tgan yili oltinchi o‘rinni egallab turgan Usmonov endi ro‘yxatning kuchli 10 taligini tark etib, 11-o‘rinni egallab turibdi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, USM xoldingi (Metalloinvest, Megafon, Mail.ru Group kompaniyalarining bosh tuzilmasi) ta’sischisining boyligi o‘tgan yil davomida 3,4 milliard funt sterling (hozirgi kurs bo‘yicha 4,25 milliard dollar)ga kamayib, 10 milliard funt sterling (12,5 milliard dollar)ga yetgan.
Londonning “Chelsi” klubini sotishga majbur bo‘lgan Abramovich 8 pog‘ona pastlab, 28-o‘rinni egalladi. Tadbirkorning boyligi 6 milliard funt sterlingni (7,5 milliard dollar) tashkil etib, 2021 yildan buyon ikki barobarga (6,1 milliard funt sterlingga) qisqargan.
O‘tgan yili reytingda 11-o‘rinni egallagan “Alfa-Grupp” hammuallifi Mixail Fridman 8,2 milliard funt sterling (10,25 milliard dollar) boyligi bilan 19-o‘rindan joy olgan. Bu ishbilarmonlarning barchasi Buyuk Britaniya hukumati tomonidan “qora ro‘yxat”ga kiritilgan va ularning mamlakatdagi aktivlari muzlatilgan.
Umuman olganda, fevral oyining oxiridan beri Buyuk Britaniya 1,6 mingdan ortiq rossiyalik siyosatchi, biznesmen, amaldor, jurnalist va korxonalarga nisbatan cheklovlar joriy qilgan.
LiveBarchasi