Usik urush vaqtida nega Ukrainadan ketib qolganini aytdi

Sport

image

Boks bo‘icha Jahon chempioni Aleksandr Usik Ukrainada qolib, uning himoyasi uchun kurashishni xohlagan. Lekin Usikning do‘stlari uni vatan uchun dushmanga o‘q otishdan ko‘ra ko‘proq narsa qilishi mumkinligiga ishontirishgan. Bu haqda Aleksandr Usik CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Shuningdek, ukrainalik bokschining qo‘shimcha qilishicha, u xalqning umidi va ishonchini oqlash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshiradi.

“Men vatanimda qolishni va Ukrainani himoya qilishni xohlardim. Lekin do‘stlarim Ukraina uchun dushmanga o‘q otishdan ko‘ra ko‘proq narsa qilishim mumkinligiga ishontirishdi. Endilikda mashg‘ulotlarga e’tibor qaratishga harakat qilaman va [Ukrainadagi] yangiliklarni umuman kuzatmayman. Davlatimizni himoya qilayotgan, barcha do‘stlarim telefonimni o‘chirib mashq qilishim kerakligini aytishdi. Ular ringda g‘olib chiqishimni kutishmoqda. Ukraina uchun bor kuchim bilan zafar qozonishga harakat qilaman. Hozir meni boshqa narsalar qiziqtirmaydi. Kamar yoki boylik  umuman ahamiyatga ega emas. Ukrainaga yordam berishdan tashqari, hech narsaga diqqat qaratmayman. Bor kuchimni mashg‘ulotlarga sarflayman va xalqimiz meni qo‘llab-quvvatlaganidek, men ham ularni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni amalga oshiraman”, degan Aleksandr Usik.

Ma’lumot o‘rnida, ukrainalik bokschi 2022 yilning yozida britaniyalik Entoni Joshua bilan revansh jangini o‘tkazishi kerak. Shuning uchun, Usik mamlakatni tark etgani ma’lum bo‘lgan edi. Hozirda, boksning og‘ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF yo‘nalishlari chempioni Aleksandr Usik Praga (Chexiya) shahrida mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing