Urushni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmoqchi bo‘lgan Germaniya Prezidenti Ukrainaga keldi

Olam

image

Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Rossiya Federatsiyasining qo‘shni davlatga nisbatan urushi boshlanganidan beri birinchi marta Ukrainaga keldi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.

Shtaynmayer bugun, 25 oktyabr kuni ertalab kutilmagan tashrif bilan Ukrainaga keldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Germaniya davlat rahbarining 24 fevralda Rossiya bosqini boshlanganidan beri Ukrainaga ilk safaridir. Germaniya davlati rahbari Ukrainadagi vayronagarchilikni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmoqchi va Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.

Shu yil boshida Germaniya Prezidentining Kiyevga rejalashtirilgan ikki safari turli sabablarga ko‘ra amalga oshmay qolgan edi. O‘tgan hafta u xavfsizlik nuqtai nazaridan 20 oktyabr kuni Ukraina poytaxtiga tashrifini bekor qilgandi. Bu esa Kiyevda norozilik va hatto g‘azabga sabab bo‘ldi. Ukraina hukumati yaqin-yaqingacha Germaniya rahbari o‘tmishda Rossiyaga nisbatan juda “yumshoq” muomalada bo‘lgan deb hisoblagan. Biroq, keyinchalik rasmiy Kiyev o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya Prezidenti oldinroq Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilgan. Ta’kidlanishicha, Shtaynmayer Ukraina yetakchisini Berlinning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga ishontirgan va unga Yevropa Ittifoqi a’zoligiga nomzod maqomini berish qarorini ma’qullagan.

Musulmon Ziyo


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing