Urush tufayli qancha ukrainalik uyini tark etishga majbur bo‘lgani ochiqlandi

Olam

image

Urush tufayli 10 millionga yaqin ukrainaliklar uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda BMTning qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi NHK telekanaliga ma’lum qildi.

“Oddiy yashash joyiga qaytish uchun ommaviy harakat bo‘lmadi. Urush davridagi og‘ir vaziyatda qaytish oson bo‘lmasligidan xavotirdamiz”, deydi Grundi.

U odamlarning hayotlarini qayta tiklash, ish topish va uylarini ta’mirlash uchun yordam so‘ragan.

Tashkilotning qochqinlar bo‘yicha agentligi 27,5 mingdan ortiq uyni tiklashga yordam bergan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, ukrainalik qochqinlarning 47 foizi ayollar, yana 33 foizi bolalardir.

Ukrainalik qochqinlarning qariyb 80 foizi oxir-oqibat mamlakatga qaytishni kutmoqda, biroq BMT statistik ma’lumotlariga ko‘ra, faqat 14 foizi yaqin kelajakda buni uddalay olishlariga ishonmoqda. Ular xavfsizlik, uy-joy va yashashni eng muhim masalalar deb atashadi.

Polsha eng ko‘p ukrainalik qochqinlarni qabul qildi. Masalan, Ukrainani tark etishga majbur bo‘lganlar umumiy sonining deyarli 60 foizi Polshada.

2022 yilning fevraliga qadar Ukrainada 40 milliondan ortiq kishi yashagan bo‘lsa, hozirda mamlakat aholisi taxminan 35 millionni tashkil etadi. Yevropa Ittifoqi Ukraina aholisining keyingi 30 yil ichida 29 milliondan kamayishi xavfidan ogohlantirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made