Urush tahlikasi fonida Navalniyga qarshi yangi jinoiy ish bo‘yicha sud boshlandi

Olam

image

Yopiq eshiklar ortida Rossiya hukumatining ashaddiy dushmanlaridan biri Aleksey Navalniy ustidan yangi sud ishi boshlandi. Moskva shahrining chetida joylashgan qattiq tartibda qo‘riqlanuvchi “Pokrov” qamoqxonasida saqlanayotgan muxolifat yetakchisi Navalniy sud majlisiga masofadan turib qatnashdi. Bu haqda bugun, 15 fevral kuni AFP axborot agentligi xabar bermoqda. 

Bu safargi sud Navalniyga nisbatan “xayriya fondlariga tegishli bo‘lgan 4,8 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni o‘z ehtiyoji uchun sarflash” aybini qo‘ymoqda. 

Hozirda u mamlakatda tartibsizliklarni keltirib chiqarishga urinish va xalqni ommaviy tartibsizliklarda qatnashishga undaganlikda ayblanib, 2,5 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan edi. 

Ma’lum qilinishicha, unga nisbatan qo‘yilayotgan yangi ayblovlar o‘z isbotini topsa, Navalniyni yana qo‘shimcha 10 yil qamoq jazosi kutmoqda. 

O‘ziga nisbatan qo‘yilayotgan yangi ayblovlarni “asossiz” deya atagan Navalniy, hukumat uning sudini Moskavada, ochiq tarzda ko‘rishdan qo‘rqishini ma’lum qilgan. 

Xalqaro inson huquqlari bo‘yicha yirik tashkilot sanalgan “Amnesty International” OAV o‘rniga qamoqxona qo‘riqchilari ishtirokida o‘tkazilgan sud jarayonini “soxta” deya atagan. 

"Rossiya rasmiylarining Navalniyni bu yaqin orada qamoqxonani tark etishiga yo‘l qo‘ymaslik niyatida ekanligi aniq", deyiladi tashkilotning kecha, 14 fevral kuni e’lon qilingan bayonotida. 

 
Navalniyning tarafdorlaridan biri bo‘lgan Mariya Pevchixning bildirishicha, “hamma urush haqida tahlikaga tushib turgan bir paytda hukumat vaziyatdan foydalanib, uning qamoq jazosini yana 15 yilga uzaytirishni ko‘zlagan”.

Malumot o‘rnida, Aleksey Navalniy Rossiya bo‘ylab turli hil xayriya jamg‘armalarining asoschisi sanaladi. Hozirda sud unga nisbatan, o‘zi rahbarlik qilgan fondlardagi mablag‘larni o‘zlashtirib yuborganlik aybini qo‘ymoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Navalniy tarafdorlarini Rossiyadagi terrorist va ekstrimistlar rasmiy ro‘yxatiga kiritish talab qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made