Urush shunchalik yaqinmi? Yevropa muhojirlarning katta oqimiga tayyorlanmoqda
Olam
−
15 fevral 2022
9414Rossiya-Ukraina o‘rtasida vaziyat taranglashib borar ekan Sharqiy Yevropa Ukrainadan keladigan muhojirlarning katta oqimini qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Urush oqibatida Yevropaga qochadigan ukrain fuqarolari uchun Polsha va Ruminiyada muhojirlar lagerlari qurilmoqda.
Temir parda va Sovetlar ta’siri haqidagi xotiralar Yevropa Ittifoqining sharqiy qanotida hamon saqlanib qolgan. Bu yerda odamlar oxirgi marta 1990-yillarda sobiq Yugoslaviya davlatining parchalanishi paytida kuzatilgan migrantlar oqimini qaytadan yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan har qanday beqarorlikdan qattiq havotirda.
Belarus va o‘zining Ukraina bilan chegaradosh hududlari bo‘ylab 100 000 dan ortiq qo‘shin to‘plagan Rossiya, hech qanday urush bo‘lmasligini uqtirishga urinayotgan bo‘lsa-da, ammo AQSH urush yaqin kunlarda boshlanishi haqida jar solmoqda.
Shunday bo‘lsa-da urush muqarraligini tahmin qilayotgan Ukrainaning g‘arbiy va janubiy chegaralaridagi davlatlar muhojirlar oqimi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan inqirozga tayyorlanmoqda.
Qochoqlar lagerlari qurilmoqda, oziq-ovqatlar zahiralanmoqda.
Ukrainaning g‘arbdagi qo‘shnisi bo‘lgan Polshada 1,5 milliondan oshiq ukrainlar istiqomad qiladi. Ularning ko‘pchiligi 2014 yilda Qrim anneksiyasi mobaynida Polshaga ko‘chib o‘tgan.
Bugun, 14 fevral kuni Polsha rasmiylari mamlakat dahshatli ssenariyga tayyorlanayotgani haqida ma’lum qilgan. 44 ming aholi yashaydigan Sexanuv shaharchasi meriga ko‘ra, shahar 80 nafar atrofidagi muhojirlarni 2 kun mobaynida mehmonxonalarga joylashtirishga tayyor.
12 fevral kuni mamlakat shimolidagi Elblong shahri rasmiylari 420 dan ortiq muhojirlarni qabul qilishga tayyorliklari haqida ma’lum qilishgan. Mamlakat markazida joylashgan Torun shahri 100 dan ortiq va janubdagi yirik shahar Chenstoxova rasmiylari 1 100 dan ziyod qochqinlarni qabul qilishga tayyorligini bildirgan.
Ma’lum qilinishicha, muhojirlarning mamlakatga joylashtirilishi bilan bog‘liq barcha harajatlar Polsha hukumati tomonidan qoplanadi.
Ukrainaning yana bir qo‘shnisi Ruminiya Ichki ishlar vazirining bildirishicha, mamlakat juda qisqa, 10, 12, 24 soat vaqt ichida qancha ko‘p miqdorda muhojirlarga bosh-pana qurish mumkinligi masalasini hal qilmoqda.
Ukrainaga qo‘shni bo‘lgan yana bir Yevropa davlati Slovakiya Mudofaa vaziriga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab bir necha minglab migrantlar oqimi kuzatiladi. Ularning soni hatto ma’lum bir me’yordan ortib ketib, nazorat qilib bo‘lmaydigan darajagacha yetishi mumkin.
LiveBarchasi