Urush Rossiyadan Markaziy Osiyoga kelayotgan pul oqimiga qanday ta’sir qiladi?

Olam

image

Jahon banki 2022 yilda dunyo mamlakatlari, jumladan, Markaziy Osiyoda pul o‘tkazmalari oqimining rivojlanishi bo‘yicha prognozini e’lon qildi. 

Ta’kidlanishicha, asosiy manbasi Rossiya bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlariga pul o‘tkazmalari keskin qisqarishi mumkin. 

“2021 yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlariga pul o‘tkazmalari oqimi 7,8 foizga oshib, 74 milliard dollarni tashkil etib, tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi”, deya qayd etadi Jahon banki. 

Bu o‘sish, asosan, Yevropa Ittifoqidagi iqtisodiy faollikning oshishi va energiya narxlarining tiklanishi bilan bog‘liq. 

2021 yilda O‘zbekistonda pul o‘tkazmalari mamlakat yalpi ichki mahsulotining 13 foizini, Tojikistonda yalpi ichki mahsulotning 34 foizini, Qirg‘izistonda 33 foizni tashkil etdi, bu esa ushbu mamlakatlar iqtisodiyotining mehnat muhojirlarining pul o‘tkazmalariga kuchli bog‘liqligidan dalolat beradi. 2020 yilda Rossiyadagi ushbu uch davlatdan kelgan mavsumiy mehnat muhojirlari soni 7,8 million kishini tashkil qilgan. 

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi Markaziy Osiyo mamlakatlariga pul o‘tkazmalariga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 

“2022 yilda 1,6 foizga qisqarishi kutilayotgan pul o‘tkazmalari bo‘yicha bevosita prognozlar juda noaniq”, deya ta’kidlaydi Jahon banki. 

Rossiyada iqtisodiy faollikning keskin pasayishi mehnat muhojirlari oqimini va ularning o‘z mamlakatlariga mablag‘ o‘tkazish imkoniyatlarini zaiflashtiradi. Pul o‘tkazmalarining qisqarishi oziq-ovqat, o‘g‘it va neft narxlarining oshishi bilan birgalikda Rossiyadan pul o‘tkazmalariga bog‘liq bo‘lgan ko‘plab mamlakatlarda oziq-ovqat bilan bog‘liq xavfni oshiradi va qashshoqlikni kuchaytiradi. Umuman olganda, Jahon banki joriy yilda daromadi past va o‘rta bo‘lgan mamlakatlarga pul o‘tkazmalari oqimining 4,2 foizga oshib, 630 milliard dollarga yetishini kutmoqda.

Qayd etilishicha, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida eng ko‘p pul oluvchi bo‘lgan Ukrainaga o‘tkazmalar hajmi joriy yilda 20 foizdan ortiq o‘sadi.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

114

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing