Urush Rossiya iqtisodiyotini to‘rt yil orqaga uloqtirdi – “Bloomberg”
Olam
−
13 avgust 2022
4145Ukrainada urush boshlaganidan beri Rossiyaning iqtisodiyoti to‘rt yil orqaga surilib ketdi va bu tarixdagi eng uzoq davom etgan tanazzullardan biriga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Bloomberg” nashri yozmoqda.
2022 yil boshida jadal rivojlanayotgan Rossiya iqtisodiyoti ikkinchi chorakda qisqarishga kirishdi. “Bloomberg” so‘rovida qatnashgan 12 tahlilchining o‘rtacha prognoziga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot bir yil ichida birinchi marta qisqarib, 4,7 foizga kamaygan.
“Iqtisodiyot ikkinchi chorakda 2018 yil darajasiga qaytdi. Biz to‘rtinchi chorakda qisqarishning sekinlashishini kutmoqdamiz, chunki yumshoqroq pul-kredit siyosati talabni qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq, 2023 yilda iqtisodiyot yana 2 foizni yo‘qotadi, chunki Yevropaning energiya tashuvchilarga taqiqi eksportni bo‘g‘adi”, deydi rossiyalik iqtisodchi Aleksandr Isakov.
Urush tufayli xalqaro sanksiyalarning kuchayishi savdoni to‘xtatgan, shuningdek avtomobil sanoati kabi sohalarni falaj qilgan, iste’mol xarajatlari esa kamayib ketgan.
Iqtisodiyotdagi pasayish keskin bo‘lmasa-da, Markaziy bank kelgusi choraklarda pasayish yanada kuchayishini taxmin qilmoqda va kelgusi yilning ikkinchi yarmigacha tiklanishi kutilmayapti.
“Inqiroz juda silliq trayektoriya bo‘ylab rivojlanmoqda. Eng yaxshi sharoitda iqtisodiyotning minimumga tushishi 2023 yil o‘rtalariga to‘g‘ri keladi”, deydi “SentroKredit” bankining Rossiya bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi Yevgeniy Suvorov.
Rossiya banki kapital nazoratini o‘rnatish va foiz stavkalarini keskin oshirish orqali bozordagi notinchlikni va rubl kursini ushlab turish choralarini ko‘rmoqda.
Qayd etilishicha, so‘nggi oylarda fiskal rag‘batlantirish va monetar yumshatishning takroriy bosqichlari ham xalqaro sanksiyalar ta’sirini yumshatib, kuchga kirdi. Neft qazib olish tiklanmoqda va uy xo‘jaliklari xarajatlari barqarorlashuv belgilarini ko‘rsatmoqda.
LiveBarchasi