Urush girdobidagi Ukraina Jahon chempionati mezbonlaridan biri bo‘lishi mumkin

Sport

image

Ukraina, Ispaniya va Portugaliya 2030 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatini o‘tkazish uchun qo‘shma ariza topshirmoqchi. Bu haqda “The Times” nashri yozmoqda.

Bunday tashabbus Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda Ispaniya va Portugaliya hukumatlari tomonidan taklif qilinmoqda. Ukraina guruhlardan birining o‘yinlarini o‘zida qabul qilishi mumkin.

4 oktyabr kuni UEFA shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida Ispaniya va Portugaliya futbol rahbarlari yangi hamkorlikni rasman e’lon qilishlari kutilmoqda. Taklifda futbol umid va tinchlikni tiklashi mumkin degan g‘oya ilgari suriladi.

Qayd etilishicha, ijobiy qaror qabul qilinishi uchun xavfsizlik kafolatlari zarur. Shu bilan birga, Ukrainadagi urush 2030 yilga borib tugashi va mamlakat qayta tiklanishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilgi Jahon chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrgacha Qatarda bo‘lib o‘tadi. 2026 yiligi mundialaga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar