Urush boshlanganidan beri Ukrainada qancha tinch aholi halok bo‘ldi?
Olam
−
16 aprel 2022
7565Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi ukrainalik qochqinlar to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlarni e’lon qildi.
BMT hisobotida aytilishicha, joriy yilning 24 fevralidan 14 apreliga qadar Ukrainada kamida 1 982 tinch aholi halok bo‘lgan.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi 50 kunlik urushi davomida 4 796 245 kishi mamlakatni tark etgan. 2 million 720 ming 622 ukrainalik qochqin Polshadan boshpana topgan. Ruminiya 726 ming 857 qochqinni qabul qilgan. 484 ming 725 nafar ukrainalik Rossiyaga, 447 ming 53 nafari Vengriyaga, 419 ming 499 nafari Moldovaga, 329 ming 597 nafari Slovakiyaga, 22 ming 827 nafari Belarusga ko‘chib o‘tgan.
Qayd etilishicha, Ukrainada 2,7 million nogironligi bor shaxslarning hayoti urush tufayli xavf ostida.
BMTga ko‘ra, davom etayotgan harbiy hujumlar nogironligi bor shaxslarni o‘ta zaif qilib qo‘yishi va jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Inson huquqlari qo‘mitasi barcha nogironlarni hisobga olish, himoya qilish va ularni insonparvarlik yordamidan zudlik bilan foydalanish imkoniyatini berishga chaqirgan.
LiveBarchasi