Urush boshlanganidan beri dunyo milliarderlari qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
30 dekabr 2022
5239Ukrainada urush boshlanganidan beri rossiyalik milliarderlar 93 milliard dollar yo‘qotgani aniqlandi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu mablag‘ning yarmi – 46,6 milliard dollarni milliarderlar 24 fevralda yo‘qotgan, qolgan 47 milliard dollarni esa keyingi oylarda yo‘qotgan.
Shu bilan bir qatorda xorijlik milliarderlarning aktivlari ham kamaygan. Dunyoning 500 nafar eng boy odami bir yilda deyarli 1,4 trillion dollar yo‘qotgan.
Ularning 392 milliard dollari – Tesla rahbari Ilon Mask, Amazon asoschisi Jeff Bezos, Binance asoschisi Changpeng Chjao va Meta asoschisi Mark Sukerbergga to‘g‘ri keladi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, pul yo‘qotilishiga inflyatsiyaning o‘sishi va markaziy banklar siyosatining keskinlashuvi, shuningdek, Ukrainadagi urush va undan keyin kiritilgan sanksiyalar ta’sir ko‘rsatgan.
Maskga keladigan bo‘lsak, bunga uning Twitter'ni sotib olish va boshqarish bilan bog‘liq harakatlari ham ta’sir ko‘rsatdi.
LiveBarchasi