Urush boshlanganidan beri Rossiyada qancha odam ko‘ngilli otryadlarga qo‘shilgani aytildi

Olam

image

Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan beri 15 mingdan ortiq kishi Rossiya Federatsiyasining ko‘ngilli otryadlariga ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining tashkiliy-mobilizatsiya bosh boshqarmasi 2-bo‘limi boshlig‘i Aleksandr Tulyaganov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda Federatsiya kengashiga Qurolli kuchlarga yordam beradigan ko‘ngilli tuzilmalar va ko‘ngillilarning maqomi to‘g‘risidagi qonun taqdim etilgan.

“Hozirgi kunda ko‘ngillilar bo‘linmalari orqali 15 mingdan ortiq kishi ro‘yxatdan o‘tgan”, deydi Tulyaganov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ma’lumot ham safarbarlik bo‘yicha ko‘ngilli bo‘lib ketayotganlar, ham "maxsus operatsiya" boshida mudofaa Komissiyasiga murojaat qilib, ko‘ngilli sifatida ketganlar bo‘yicha aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu qonun loyihasi xususiy harbiy kompaniyalarga taalluqli emas.

Qonun ko‘ngillilar bo‘linmalarini moddiy-texnik ta’minlash, ko‘ngillilarning o‘zlari va ularning oila a’zolari uchun kafolatlar masalalarini tartibga soladi. Bundan tashqari, ko‘ngilli qo‘shinlar Prezident qarori bilan Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etiladi.

Bunday otryadlarning soni, ularning faoliyat ko‘rsatish sohalari va faoliyatini tugatish tartibi harbiy bo‘lim tomonidan belgilanadi.

Ushbu qonun loyihasini Rossiya Byudjet va moliya bozori qo‘mitasi qo‘llab-quvvatlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

93

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing