O‘rta Chirchiq hokimi bo‘shatildi. “Zam”i uning o‘rnini egalladi

Jamiyat

image

O‘rta Chirchiq hokimi Olimjon Nurmatov sog‘ligi yomonlashgani sabab vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 9 aprel kuni Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Tashkiliy masala ko‘rilgan sessiyada viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev ham ishtirok etgan.

Sessiyada O‘rta Chirchiq tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan Olimjon Rahimjanovich Nurmatov sog‘ligi yomonlashgani tufayli vazifasidan ozod etilgan.Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Ixtiyor Rustamovich Qosimov tuman hokimi lovozimiga tasdiqlangan. 

Ma’lumot uchun, Ixtiyor Qosimov 1986 yilda Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat Iqtisodiyot Universiteti hamda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

185

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing