O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan G‘olib Qurbonov Karimovich Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.

G‘olib Qurbonov 2017 yil 23 iyundan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlangan.

G‘olib Qurbonov 1984 yil 6 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tug‘ilgan. 2005 yil Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. 

U 2006-2009 yillarda Qashqadaryo Markaziy o‘rmon xo‘jaligida o‘rmon muhandisi sifatida, 2009-2012 yillarda tabiatni muhofaza qilish Qashqadaryo viloyat qo‘mitasi O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish viloyat inspeksiyasi yetakchi mutaxassisi bo‘lib ishlagan.

2012-2014 yillarda esa xuddi shu inspeksiyada bosh mutaxassis, 2014-2017 yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi Kitob davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'rmon xo'jaligi agentligi\ G'olib Qurbonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar