Urgutda farmatsevtika korxonasi barpo etiladi
Jamiyat
−
31 may 2019
2355Ayni paytda Samarqand viloyati hokimi rahbarligidagi delegatsiya a’zolari Janubiy Koreyada bo‘lib turibdi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qilish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida viloyat ishbilarmonlari va mutasaddi rahbarlaridan iborat delegatsiya Janubiy Koreya Respublikasining Chunbuk va Inchxon erkin iqtisodiy zonalari hamda ushbu iqtisodiy zonalardagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishgan.
Goyang shahrida Inchxon provinsiyasi hokimi tomonidan tashkil etilgan rasmiy qabul jarayonida ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalalari muhokama etilgan.
Muzokaralar davomida bir qator memorandum va shartnomalar imzolashga erishildi. Xususan, Urgut erkin iqtisodiy zonasi hududida “Kыmchong” kompaniyasi bilan hamkorlikda farmatsevtika yo‘nalishida qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolangan.
Ma’lumot uchun, ushbu delegatsiya Janubiy Koreya Respublikasiga tashrifini 31 may kuni Inchxon provinsiyasining Songdo tumani tadbirkorlari bilan hamda “Koreya-O‘zbekiston biznes markazi”dagi uchrashuvlar bilan yakunlaydi.
LiveBarchasi