Urgutda 2 ta yuk mashinasi dahshatli YTH sodir etdi (video)
3-sahifa
−
13 avgust 11774 1 daqiqa
Kecha, 12 avgust kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida MAZ va MAN rusumli yuk avtomobillari to‘qnashib, ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 10:20 lar atrofida Urgut tumani “Mergancha” mahallasi yo‘lida MAZ rusumli yuk avtomobili haydovchisi ichki yo‘ldan “Kamangaron-Mergancha” yo‘nalishida harakatlanib, oldindan kelayotgan MAN rusumli yuk avtomashinaning orqasidan urgan va yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
QALAMPIR.UZ manbasining bildirishicha, yuk avtomobillaridan birining tormozi ishlamay qolgan. Haydovchilardan biri shifoxonaga olib ketilgan.
Samarqand viloyati YHXB esa YTH oqibatida hech kim tan jarohati olmaganini bildirdi. Holat yuzasidan Urgut tumani IIB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yangihayot tumanida yuk mashinasi haydovchisining rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida birvarakayiga 10 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar bo‘lmagan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr