“O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q”  2021 yilning eng serdaromad filmiga aylandi

Madaniyat-san’at

image

"O‘rgimchak odam" franshizasining so‘nggi qismi pandemiya davrida global hisobda 1 milliard dollardan ko‘proq daromad keltirgan birinchi film bo‘ldi.

U bu ko‘rsatkichi bilan Xitoyda suratga olingan "Changjin ko‘li jangi" deb nomlanuvchi kinokartinani ortda qoldirdi. Ushbu kartina dunyo bo‘ylab 905 million dollardan ko‘proq daromad olgan.

Kecha, 26 dekabrda, Marvel kino canoatining so‘nggi filmi bo‘lmish “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q”ning butun dunyo bo‘ylab olgan foydasi 1,05 milliard dollarni tashkil etdi. Bu kino Sony va Disney kompaniyalari  hamkorligida ishlab chiqarilgan bo‘lib, premerasidan ikki hafta o‘tmay juda yaxshi natijani qayd etdi. 

Ikki yil oldin boshlangan pandemiya davridan beri Gollivudning boshqa hech bir mahsuloti kassada bu ko‘rsatkichga yaqinlashmagan.

“O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q”da Tom Holland Piter Parkerning uchinchi obrazini gavdalantirgan, unda Zendeyam va Benedikt Kamberbetch sehrgar doktor Strenj rolini ijro etgan.

Marvel’ning 2019 yilda taqdim etgan “O‘rgimchak odam: Uydan uzoq” filmi Comscore ma’lumotlariga ko‘ra, kassada 1 milliard dollarlik marrani zabt etgan birinchi “O‘rgimchak odam” bo‘lgandi. Bu filmda yovuz Misterio o‘limidan oldin Parkerning niqobini ochgandi.

Film hozirda dunyodagi eng yirik kino bozori bo‘lgan Xitoyda namoyish etilmagan.

Munira Tursunova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing