“O‘rgimchak odam” filmlari senariy muallifi olamdan o‘tdi

Olam

image

Amerikalik ssenariynavis, ikki karra “Oskar” laureati Elvin Sarjent 92 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Deadline nashri xabar bermoqda. 

Nashrga ko‘ra, Elvin Sarjent kasal bo‘lmagan va qarilik tufayli vafot etgan. Los Anjelesda ijodkorni so‘nggi manzilga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tadi, biroq tadbir vaqti hali belgilanmagan. 

Sarjent 1927 yilda Pensilvaniya shtati, Filadelfiya shahrida tavallud topgan. U  “Oqsaroy” (1990 yil),  “Birovlarning puli” (1991 yil) va bir qator mashhur filmlarning ssenariysi muallifidir.

Elvin Sarjent shuningdek, Sem Reymi rejissyorligidagi “O‘rgimchak odam” (2004, 2007 yil) filmining ikkinchi va uchinchi qismlari hamda “Yangi o‘rgimchak odam” (2012 yil) kabi eng kassabop va tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan filmlarning ssenariysi muallifidir.

Ijodkor 1978 va 1981 yillarda ikki bor “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan. Ushbu mukofotlarni “Juliya” (1977) va  “Oddiy odamlar” (1980) filmlariga yozgan ssenariysi uchun olgan. Shuningdek, Elvin Sardjent  “BAFTA” va “Saturn” tanlovlari laureati bo‘lgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

12

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing