Urganchdan Moskvaga uchgan reys yo‘lovchilaridan biri vafot etdi

Olam

image

Kecha, 25 yanvar kuni Urganchdan Moskvaga yo‘l olgan samolyot yo‘lovchilardan birining tobi qochgani sabab Orenburgga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Transport bo‘yicha Markaziy mintaqalararo tergov boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Urganch—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan samolyotdagi 63 yoshli yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab, Orenburg aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Biroq 63 yoshli erkak shifokorlar yetib kelguniga qadar layner salonida vafot etgan. Holat yuzasidan hozirda Rossiya Tergov qo‘mitasining Transport bo‘yicha Markaziy mintaqalararo tergov boshqarmasi tergovchilari tekshiruv o‘tkazmoqda. 

Xabarga ko‘ra, hodisaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda. Tekshiruvda protsessual qaror qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

655

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing