Urganchda LED monitorda pornografik video qo‘yildi. Buni kim qilgani aniqlandi
Jamiyat
−
01 aprel 2022
63375Kecha, 31 mart kuni Urganch shahridagi katta LED monitorida pornografik video namoyish etilgan holatning foto va videolari tarqaldi. Xorazm viloyat IIB holat bo‘yicha munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 31 mart kuni soat 19:20 da Xorazm viloyati IIB navbatchilik qismiga Urganch shahrining Al-Xorazmiy va Xonqa ko‘chasi chorrahasida o‘rnatilgan reklama monitorida pornografik mazmundagi video namoyish etilganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Ushbu videolavhaning reklama monitoridagi namoyishi zudlik bilan to‘xtatilgan va ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan dastlabki tezkor-surishtiruv ishlari natijasida pornografik mazmundagi videolavha reklama monitori tegishli bo‘lgan xususiy firma ishchisi, 1978 yilda tug‘ilgan I.I. tomonidan reklama roliklarini joylashtirish jarayonida ehtiyotsiz natijasida monitor xotirasiga yuklanganligi ma’lum bo‘lgan.
Xozirda holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tekshiruv natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.
LiveBarchasi