Urganch va Farg‘onadan Turkiyaga muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi “Urganch-Istanbul-Urganch” hamda “Farg‘ona-Istanbul-Farg‘ona” yo‘nalishlarida yangi muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.

“Urganch-Istanbul-Urganch” yo‘nalishidagi parvozlar joriy yilning 28 martidan boshlab yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

Urganch-Istanbul uchish - 09:30, qo‘nish - 11:50
Istanbul-Urganch uchish - 13:20, qo‘nish - 19:05.

Aviakompaniyaning «Farg‘ona-Istanbul-Farg‘ona» yo‘nalishidagi aviaparvozlar esa joriy yilning 3 apreldan quyidagi jadvalga muvofiq, haftada ikki marta – chorshanba va shanba kunlari yo‘lga qo‘yiladi:

Farg‘ona-Istanbul uchish - 08:50, qo‘nish - 12:30
Istanbul-Farg‘ona uchish - 14:00, qo‘nish - 20:50.

Aviachiptalarni kompaniya veb-saytida yoki Uzbekistan Airways Sales orqali sotib olish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Turkiya

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar