Urganch xalqaro aeroporti qor bilan qoplandi (foto)
Jamiyat
−
13 mart 2021
13729Xorazm vohasida esgan kuchli va izg‘irin shamol bugun, 13 mart tonggi soat 03:45 lar atrofi bo‘ralagan qorni ham yetaklab keldi. Bu haqda “Uzbekistan Airpots” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Urganch xalqaro aeroportida bu holat parvozlar xavfsizligini kuchaytirishni taqazo etmoqda. Maxsus texnikalar yordamida tinimsiz tozalash ishlari olib borilmoqda.
Toshkentdan vohaga parvoz qilgan “HY 051” rusumli havo kemasi mahalliy vaqt bilan soat 08:56 da aviatsiya xavfsizligining barcha choralarini qo‘llagan holda aerodromga muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan. 129 nafar yo‘lovchi pandemiya talablari asosida ehtiyotkorlik bilan kutib olingan va manzillariga kuzatilgan.
Parvozlar jadvaliga ko‘ra, samolyot soat 10:55 da Farg‘ona xalqaro aeroportiga jo‘nab ketadi. Ayni daqiqalarda 117 nafar yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tgan.
Xorazmda hozir havo holati -9 darajani ko‘rsatmoqda.
LiveBarchasi