Urganch aeroporti qor sabab vaqtincha yopildi
Jamiyat
−
19 yanvar 2022
5275Kecha, 18 yanvar kuni kechga yaqin yog‘gan qor Urganchda xalqaro aeroport yopilishiga sabab bo‘ldi.
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Istanbul-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha parvozini amalga oshirayotgan HY-280 reysi Toshkent aerodromiga qo‘nishni amalga oshirgan.
“Bortida 98 ta yo‘lovchisi bo‘lgan havo kemasi soat 19:29 da poytaxt aeroportiga qo‘ndi. Barcha yo‘lovchilar bir kunga mehmonxonaga joylashtirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Toshkentdan Urganchga mahalliy vaqt bilan soat 07:15 da HY-051 qatnovi bilan parvozini amalga oshiradi”, deyiladi “Uzbekistan Airports” xabarida.
Urganch aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagining ko‘rish koyeffitsiyenti 0,3 ko‘rsatkichini tashkil etgani sabab yopilgan.
Bundan tashqari, 18 yanvar kechida yana ikkita aviaqatnov kechiktirilgan. Qozon – Urganch yo‘nalishi bo‘ylab, belgilangan aeroportga soat 21:45 da qo‘nishi kutilayotgan “Uralskiye avialinii” kompaniyasi samolyoti ob-havo sharoiti tufayli Qozondan uchishni amalga oshira olmagan.
Huddi shunday holat “Red Wings” aviakompaniyasining Moskva – Urganch qatnovida ham kuzatilgan. Samolyot Domodedovo aeroportidan uchishi kechiktirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, har ikkala havo kemasining parvozi 19 yanvar kuni ertalabga qoldirilgan.
Uchishni amalga oshirishning aniq vaqti haqida aviakompaniyalar ma’lumot beradi.
LiveBarchasi