“Urdiyu surdi”. Qashqadaryoda Cobalt 13 yoshli qizni urib, qochib ketdi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida piyodalar o‘tish yo‘lagida Cobalt 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 5 dekabr kuni taxminan soat 20:00 larda Qarshi shahar “Nasaf” ko‘chasi yaqinida piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan qizni Cobalt rusumli avtomashina urib yuborib, hodisa sodir bo‘lgan joydan g‘oyib bo‘lgan. Oqibatda qiz jiddiy tan jarohati olib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Ushbu YTH yo‘lga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasida qayd etilgan. Unda tasvirlangan videoda piyodalar o‘tish yo‘lagidan yo‘lni kesib o‘tayotgan qizni Cobalt rusumli avtomashina katta tezlikda urib, bir necha metrga irg‘itib yuborgani aks etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi va 117-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Holat yuzasidan viloyat miqyosida avtomashinani qidirib topish bo‘yicha ishlar tashkil etilgan.

Aniqlanishicha, voyaga yetmagan qizni urib yuborgan avtomashinaning davlat raqami belgisi bo‘lmagan.

Avvalroq Buxoro viloyati Kogon tumanida Damas rusumli avtomobil ko‘zi ojiz keksa ayolni urib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

376

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing