“Urdiyu surdi”. Qarshida piyodani urib, qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Joriy yilning 16 yanvar kuni Qarshi shahrida Nexia-3 shu hududda yashovchi piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, taxminan kechki soat o‘nlarda Qarshi shahar “Nasaf” MFYda yashovchi fuqaroni piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan paytda noma’lum avtomashina urib yuborgan. Yo‘l-transport hodisasini sodir etgan avtomobil haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan. Jabrlanuvchi esa tan jarohati olib shifoxonaga tushgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu yo‘l-transport hodisasini Kasbi tumanida yashovchi fuqaro N.M. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu YTH yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan bo‘lib, tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing