Unutib boryapsizmi? Xotirangiz nima uchun pasayib borayotganini aytamiz
Salomatlik
−
06 fevral 2019
34853Hozirgi kunda xotira susayishiga juda ko‘p duch kelamiz. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, 60-65 yoshdan so‘ng inson miyasida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, jismoniy faollik susayadi. Buning natijasida eslab qolish darajasi pasayadi. Bugun nafaqat yoshi kattalar va keksalar, talabalar, 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlarda ham xotiraning pasayib borishi uchrab turadi. Masalan, o‘qigan kitoblarining vaqti kelib xotirada qolmayotgani, qisqa ma’lumotlar, bazan telefon raqamlar ham kam vaqt yodda saqlanib keyin unutilayotgani tez-tez sodir bo‘ladi.
Terapeft, bosh amaliyot shifokori Nodira Amonovaning ta’kidlashicha, inson miyasi juda ko‘p axborotni qabul qiladi va javob qaytaradi. Aqliy mehnat natijasida miya ko‘p ishlaydi. Bularning o‘rnini to‘ldirish uchun esa, kerakli vitaminlar, minerallar zarur.
“Hozirda xotira susayishi bilan murojaat qilayotganlarning aksariyatini 25-40 yosh atrofidagilar tashkil etmoqda. Ba’zan o‘smirlar ham bu holatdan shikoyat qilishadi”, deydi shifokor.
Shifokordan maslahatlar!
Xotira susayishining sabablari
1. Doimiy stress holatida bo‘lish
2. Noto‘g‘ri ovqatlanish
3. Doimiy charchash
Agar xotira susayishi yuqoridagi holatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, unda dorilarsiz davolash imkoni bor. Buning uchun yaxshilab dam olish zarur. Bundan tashqari ovqatlanish tartibiga qat’iy rioya qilish talab etiladi. Ko‘proq yong‘oq, dengiz mahsulotlari, mevalar, bug‘doy is’temol qilish kerak. Chunki bu mahsulotlar tarkibida B1, kalsiy, magniy, bo‘lib, miya hujayralarining erkin harakatlanishida yordam beradi.
Yod mikroyelementi ham muhim hisoblanadi. Ushbu mikroyelement garmonlarni me’yorda saqlaydi. O‘rtacha yoshdagi odamlarda 150 mkg, homilador ayollarda esa 200 mkg yod kerak. Yod asosan gulkaramda, xurmoda, baliqda ko‘p uchraydi.
Zararli odatlardan voz kechish, spirtli ichimliklardan himoyalanish kerak. Alkogol nafaqat miya faoliyatiga, balki butun organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bir kunda eng kami 8 soat uxlash zarur. Sababi miya normal holatda dam olmasligi oqibatida charchash hissi paydo bo‘lib, xotiraga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Suv ayniqsa muhim
Inson miyasining 70 foizdan ko‘proq qismini suv tashkil qilib, me’yorida is’temol qilmasak xotira pasayishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Kuniga 2 litrdan suv ichish tavsiya etiladi. Choy ham buning tarkibiga kiradi.
Bundan tashqari, ham jismoniy, ham aqliy mehnatni birga olib borish kerak. Ko‘proq kitob o‘qish va she’r yod olish, har kechda 0,5-1 soat toza havoda sayr qilish juda samarali.
Ba’zida vitaminlar yetishmasligi natijasida dori preparatlaridan foydalanishni tavsiya etamiz. Dori mahsulotlaridan foliy kislota, yodofol ba’zan yodomarin tavsiya etiladi.
Yuqoridagilar bolalarga ham tavsiya etiladi.
LiveBarchasi