University of business and science universitetiga kiring

Biznes

image

University of business and science oliy ta’lim muassasasi pedagogika, buxgalteriya va moliya sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni yetishtirishga ixtisoslashgan. Ta’lim jarayonida talabalarga kerakli bilim, tajriba va amaliy ko‘nikmalar berishdan tashqari, ahloqiy madaniyatni o‘rgatish va xozirgi kunda o‘zgarib borayotgan bozor talabiga mos raqobatbardosh kadrlar chiqarishga alohida e’tibor beriladi. 

UBS faoliyati uchta muhim tamoyilga asoslangan. Bular:

- yuqori saviyali ta’lim;

- yuqori malakali mutahassislar;

- jamiyatga ta’sir ko‘rsatish. 

UBS iqtidorli, kreativ fikrlaydigan mutaxassislarni yetishtirib bilan bir qatorda, qulay, hamyonbop va sifatli ta’lim beruvchi universitetlardan biri bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilgan. 

Yo‘nalishlar: 

•    Moliya va buxgalteriya;

•    Axborot tizimlari va texnologiyalari;

•    Boshlang‘ich ta’lim;

•    Iqtisodiyot;

•    Maktabgacha ta’lim;

•    Pedagogika va psixologiya;

•    Filologiya.

Talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda, ular tanlagan sohaning yetakchi mutaxassisi qilib tayyorlashda yuqori malakaga ega tajribali o‘qituvchilarning innovatsion metodikalari, nazariy va amaliy bilimlari qo‘l keladi. 

UBS o‘quv dasturlari davlatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasi va mehnat bozoridagi talablaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Ta’lim jarayonlari xalqaro standartlar asosida davlatmizdagi ta’lim siyosati bilan uyg‘unlikda tashkil etiladi. Zamonaviy texnologiyalar ta’limning yanada sifatli va samarali bo‘lishini ta’minlaydi. 

Ayni paytda universitetga 2022/2023 o‘quv yili uchun abituriyentlar qabuli boshlangan. 2-kursdan o‘qishni boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish imkoniyati mavjud. 

Universitetda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarida tahsil olish mumkin.

Ma’lumot uchun: +99871 200 05 54 | +99871 200 05 16 | +99871 200 05 17 | +99871 200 05 18

Reklama huquqi asosida


 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing