Unai Emeri yevrokuboklar qiroli – Yurgen Klopp

Sport

image

“Liverpul” “Benfika” qarshi uchrashuvda asosiy himoyachilaridan foydalana olmadi va uchrashuv “qizillar”ning nazorati ostida o‘tmadi. Bu haqda “Liverpul” ustozi Yurgen Klopp “BT Sport” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Yurgen Klopp jamoasi Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqqan bo‘lsa-da xursand emasligini qayd etgan.

“Chiziqlarni juda ko‘p o‘zgartirishga majbur bo‘lyapmiz. Himoya hech qachon bunday tarkibda o‘ynamagan va bu “Benfika”ga qarshi xalaqit qilishi mumkin edi. Men diqqatimni jamlashim kerak.“Benfika”ga qarshi o‘yin biz xohlagandek bo‘lmadi. Ammo kecha mavsumning eng yaxshi o‘yinini o‘tkazganimizda ham, finalga chiqish ehtimoli bundan ko‘proq bo‘lmasdi”, degan germaniyalik murabbiy.

“Liverpul” ustozining qo‘shimcha qilishicha, uning yarim finaldagi raqibi Unai Emeri yevrokuboklar qiroli. Buni “Yuventus” va “Bavariya”ga qarshi uchrashuvlar ham ko‘rsatib turibdi.

“Asosiysi, biz yarim finalga chiqdik, xursandman. Agar, hozir “Vilyarreal”ning o‘yinini tahlil qilsam, juda g‘alati bo‘lardi. Ularning natijasini ko‘rdim. Men mavzuni chuqur o‘rganmadim. Ammo ular “Yuventus” va “Bavariya”ni mag‘lub etganidan keyin, YeCHLning yarim finaliga chiqishga loyiq. Unai Emeri yevrokuboklar qiroli, uning qilayotgan ishi hayratlanarli. Lekin menga tayyorgarlik ko‘rishim uchun vaqt bering, barchasi joyida bo‘ladi”, degan Klopp.

Ma’lumot o‘rnida, “Liverpul” YeCHLning chorak finalida “Benfika”ni umumiy 6-4 hisobida mag‘lub etgan holda yarim finalga yo‘l oldi. “Qizillar” yarim finalda “Vilyarreal” bilan bahs olib boradi

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing