Umuman bema’ni ma’lumot – MB raisi Rossiya bilan oltin savdosi bo‘yicha mish-mishlar haqida

Olam

image

Bir necha oy oldin “The Economist” jurnalida O‘zbekiston Rossiya oltinini olib sotayotgani haqida maqola e’lon qilingan. Ushbu maqola yuzasidan Markaziy bank raisi Temur Eshmetov bugun, 24 oktyabr kuni Markaziy bankning asosiy stavka bo‘yicha matbuot anjumanida izoh berdi. 

“Umuman haqiqatdan yiroq bo‘lgan ma’lumot. Biz hech qachon boshqa davlatlardan oltin sotib olmaganmiz va sotib olish niyatimiz yo‘q. Xudoga shukr, o‘zimizga yetarli oltinimiz bor. Siz aytayotgan nashriyotlar bo‘yicha agar to‘g‘ri tushunayotgan bo‘lsam, bir necha yil oldin haqiqatdan ham “The Economist” jurnalidagi maqolada shunday ma’lumot chiqdi. Biz ularga rasmiy murojaat qilib, bu ma’lumot qayerdan chiqqani haqida savol qo‘ydik, noto‘g‘rligini ko‘rsatdik. Ular keyingi sonida shu maqolasidagi xatolikni to‘g‘irlab qo‘ydi”, deydi Temur Eshmetov.

Shuningdek, u “The Economist” e’lon qilgan ma’lumotlarni bema’ni deb atagan.

“Bu – noto‘g‘ri. Judayam bir tushunarsiz holat bo‘lgan. Noprofessionallik. Judayam hayron qoldim. Umuman haqiqatdan uzoq, umuman bema’ni ma’lumot”, deydi Markaziy bank raisi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston 9,9 mlrd dollarlik oltin eksport qilgan. Bu 2024 yilning mos davridagi nisbatan 70,9 foizga ko‘p degani. Shuningdek, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan davrlarda yillik qiymatda ham kuzatilmagan tarixiy maksimum hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Markaziy bank Temur Eshmetov oltin savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing