Ulug‘bek Rashitov Islom birdamligi o‘yinlarida yarim finalga chiqdi
Sport
−
10 avgust 2022 3212 1 daqiqa
Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tayotgan V Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashitov -68 kg vazn toifasida yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Rashitov murosasiz kechgan chorak final jangida eronlik raqibini mag‘lub etdi.
Ulug‘bek Rashitov nimchorak finalda livanlik taekvondochi Faraj Yamenni mag‘lub etib, chorak finalga chiqqandi.
Avvalroq, Ulug‘bek Rashitov va Zaynab Dayibekova Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston bayroqdorlari bo‘lishi haqida xabar bergandik.
Ibrohim Davronov
Live
Barchasi