“Улар muammoning emas, muammoni yozgan jurnalistning ”ortidan“ tushadi” - Shayxov
Jamiyat
−
29 may 2019
9589"Ko‘pgina Matbuot xizmatlari xodimlari tashkilotlar rahbarlarining og‘zini poylaydi. Biror maqolaga nisbatan munosabat yoki raddiya e’lon kilish uchun soatlab rahbarning qabulini poylaydi. Shu bois ularning ishini rahbariyatdan айри tutish, kerak bo‘lsa, Matbuot xizmati rahbari lavozimiga tayinlov ham qaysidir darajada Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ishtirokida bo‘lishi kerak", дейди QALAMPIR.UZ rahbari Qamariddin Шайхов.
Kecha, 28 may kuni Toshkentdagi “Hyatt ragency Tashkent” mehmonxonasida “OAV sohasida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komiljon Allamjonov, direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva, parlament a’zolari, O‘zbekiston media bozorining ko‘zga ko‘ringan vakillari, davlat organlari matbuot kotiblari va OAV xodimlari ishtirok etdi.
Konferensiyada QALAMPIR.UZ rahbari Qamariddin Шайхов so‘zga chiqib, davlat organlari Matbuot xizmatlari tomonidan йўл qo‘yilayotgan xato va камчиликлар, ularning OAV bilan munosabatiga to‘xtaldi. Ayrim hollarda e’lon қилинган maqola yoki xabarlarni olib tashlash yuzasidan iltimos va tazyiqlar hamon uchrab turganini qayd etdi.
"Kechagina bir tashkilotdan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. O‘z saytlarida boshqa bor xorijiy OAVga nisbatan e’lon қилинган xabarda xatolikka йўл qo‘yilganini aytib, bizdan ham ushbu maqolani olib tashlashni talab қилишди. Emishki, tashkilot rahbariяти bu хабарни tasdiqlamagan va hamma OAVdaн olib tashlanashini buyurgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, biz qancha xolislik va erkinlik haqida gapirmaylik, Matbuot xizmatlaridagi ayrim jurnalistlar холис ham, erkin ham emas. Ular o‘sha tashkilot rahbarining kabineti eshigi tagida kutib o‘tiradigan odamlardan biri. Rahbar jurnalistning yozgan xabari yo raddiyasini tasliqlagach, o‘shanda chop etiladi. Bo‘lmasa, yo‘q. Yo‘qotilgan vaqtda esa xalqaro OAVda yolg‘on, noxolis axborot chiqib, nafaqat butun respublikaga, balki xorijga ham yoyilib bo‘ladi. Мана, men yuqorida bir necha kun avval bo‘lgan holatni misol sifatida келтирдим. Bunday misollar juda ko‘p", дейди jurnalist Шайхов.
Unga ko‘ra, Matbuot xizmati xodimlari tashkilotlar rahbarlarining advokati. U so‘zi yakunida quyidagilarni alohida ta’kidladi:
"Matbuot kotiblari OAVda chop etilgan maqoladagi muammo yo tanqid ortidan emas, uni yozgan jurnalistning "ortidan" tushadi. Shuning uchun ularni lavozimga tayinlash to‘laligicha tashkilot rahbari tomonidan emas, qaysidir ma’noda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ishtirokida amalga oshirilishi kerak. Yo‘qsa, davlat organlari rahbarlari Matbuot kotibi nomi bilan o‘ziga advokat qidirishda davom etaveradi".
LiveBarchasi