Ular qo‘rqib o‘tirishibdi – Ukraina vaziri Rossiyaga “vizov” tashladi

Olam

image
0:00
0:00
download

 Ukraina Bosh vazir o‘rinbosari – Ukrainaning vaqtincha okkupatsiya qilingan hududlari bo‘yicha vazir Aleksey Reznikov Donbass bo‘yicha uch tomonlama aloqa guruhiga kiruvchi Rossiya delegatsiyasi ushbu masala yuzasidan aniq shaxsiy fikrga ega emasligi va “qo‘rqib o‘tirgani”ni ta’kidlamoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Minskdagi uch tomonlama aloqa guruhi haqida aytadigan bo‘lsak, barchasi oddiy. Ammo, afsuski, hozircha Rossiyaning ma’lum qarashlariga ko‘ra, ular muzokarachilar yuborilmagan. Ular sub’ektiv emas, shaxsiy pozitsiyaga ega emas, Rossiya vakillarida o‘z pozitsiyalarini bildirish uchun bironta harakat yo‘q. Ular doimo berilayotgan savollarga to‘g‘ri javob berishdan qochishadi, sababi shaxsiy fikri yo‘q. Ular qo‘rqib o‘tirishibdi, barchasi ma’lum”, degan Reznikov “Ukraina 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Reznikovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya muzokaralar mobaynida o‘zining qaysi tarafda ekanligini aniqlab olishi lozim.

“Shu sababli qaror qabul qilinayotgan paytda Rossiya haqiqatan muzokaralarga qiziqish bildirsa, bunga aniqlik kiritishi kerak. Muzokaralarda o‘z shaxsiy fikriga ega yagona inson bu Rossiya Prezidenti (Vladimir – tahr.) Putinning “Normand shakli”dagi siyosiy maslahatlar bo‘yicha vakili”, degan Bosh vazir o‘rinbosari.

Ma’lumot uchun, rasmiy Moskva va Kiyev orasidagi munosabatlar Danbassda separatistik harakatlarning avj olishi va Rossiya tomonidan qo‘llanishi hamda Qrimning anneksiya qilinishi ortidan sovuqlashdi. Ukraina hukumati va G‘arb davlatlari bir necha bor Rossiyani Ukraina ichki ishlariga aralashishda ayblamoqda. Moskva esa bu ayblarni inkor qilib, Ukraina ichki mojarolariga aralashadigan davlat emasligini, shuningdek Kiyev siyosiy va iqtisodiy inqirozni tezroq bartaraf etsa, bundan Rossiya faqatgina xursand bo‘lishini ta’kidlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya mojaro ishtirokchisi bo‘lmay turib, Donbassdagi sulhni to‘liq ta’minlay olmasligini, ammo o‘z ta’siridan foydalanib, kelishuv amalga oshishiga urinayotganini qo‘shimcha qildi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

423

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing