Ukrainlar hayoti AQSH o‘yinida choychaqaga aylandi – Medvedev
Olam
−
27 Oktabr 2022
8447Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘z o‘yinida ukrainaliklarning hayotidan choychaqa sifatida foydalanmoqda, o‘z navbatida, hozirgi mojaroda halok bo‘lgan barcha ruslar uchun qasos olinadi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev aytib o‘tdi.
“AQSH Prezidenti Baydenning hozirgi jamoasi uchun ham, ularning respublikachi raqiblari uchun ham valyuta aslida bitta narsa – afsonaviy Ukraina mamlakatining ularga kerak bo‘lmagan fuqarolari hayoti. Ular Amerikaning yirik o‘yinida choychaqadir. Ular okean ortidagi siyosiy janglarda kelajakdagi g‘alaba qurbongohiga osongina joylashtiriladi.
Ukrainaliklarning hayoti bilan Amerika qurollarining cheksiz ta’minoti uchun ham, instruktorlar va yollanma askarlarning” mehnati uchun ham to‘lanyapti. Ular “iflos bomba” ishlatilsa ham shu orqali to‘lashga tayyor”, deya qo‘shimcha qilgan Medvedev.
Shuningdek, u bu to‘qnashuvda rus xalqi ham jabr ko‘rayotganini, ammo ruslar uchun qasos olinishini aytgan. O‘z navbatida, ukrainaliklarni hech kim eslamalasligini ta’kidlagan.
“Ammo farqi shundaki, bizning odamlar uchun qasos olamiz. Hammasi uchun. Jang maydonida va boshqa yo‘nalishlarda, jang maydonidan uzoqda (halok bo‘lganlar uchun – tahr.) ham. Va, albatta, muvaffaqiyatsiz sud jarayonlari doirasida emas. Boshqa yo‘llar bilan. Lekin ukrainaliklarni hech kim eslamaydi”, deya xulosa qilgan u.
LiveBarchasi