Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi iyun oyida hal bo‘ladi

Olam

image

Iyun oyida Yevrokomissiya Ukrainaning YeI a’zoligiga nomzod maqomini olish uchun so‘rovnoma bo‘yicha birinchi baholash hisobotini taqdim etadi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Yevropa komissiyasi rahbari 9 may – Yevropa kuni munosabati bilan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan videokonferensaloqa orqali uchrashuv o‘tkazdi.

Ursula fon der Lyayenning aytishicha, u Zelenskiy bilan Ukraina masalasida G7 davlatlari yetakchilari bilan 8 maydagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha fikr almashgan. Bundan tashqari, uchrashuvda Ukrainaning YeIga kirishi masalasi ham muhokama qilingan.

“Biz Ukrainadan Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzod maqomini olish uchun so‘rovnomani kutmoqdamiz. YeI komissiyasi o‘z fikrini iyun oyida bildirmoqchi”, deyiladi xabarda.

Rossiya Qurolli kuchlarining hujumidan so‘ng Kiyev zudlik bilan Yevropa Ittifoqi a’zoligiga nomzod bo‘lish niyatini e’lon qilgan. Bunga javoban, Bryussel ham Ukraina tashabbusiga iliq munosabat bildirgandi.

 

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing