Ukrainaning Rossiyadagi qishloqqa hujumida bir kishi o‘lgani aytilmoqda
Olam
−
19 may 2022
8468Ukrainaning Tetkino qishlog‘iga (Rossiya) bergan zarbalari oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoyt ma’lum qildi.
“Tetkinoga tongda sodir etilgan yana bir dushman hujumi, afsuski, fojia bilan yakunlandi. Ayni damda kamida bir fuqaroning o‘limi ma’lum. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu spirt zavodiga xomashyo olib kelgan yuk mashinasi haydovchisi. Dushman bu ob’ektga bir nechta zarba bergan. Yaradorlar ham bor. Ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, deb yozadi Starovoyt.
Uning qayd etishicha, hozir qishloqda yong‘in o‘chirilmoqda, bir qancha uylar zarar ko‘rgan. Starovoyt portlamagan o‘q-dorilar haqida xabarlar borligini aytgan. Mutaxassislar jinoyat bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish uchun voqea joyiga yetib borgan.
“Biz jabrlangan barcha oilalarga zarur yordamni beramiz. Hozir tumanga jo‘nab ketyapman”, deya xulosa qilgan gubernator.
Ukraina tomoni gubernator keltirgan ma’lumotlarga hech qanday munosabat bildirganicha yo‘q.
LiveBarchasi